Oʻquv qoʻllanma2018Oʻzbek tili

Erkin iqtisodiy zonalarning huquqiy maqomi

Asl nomi: Эркин иқтисодий зоналарнинг ҳуқуқий мақоми

Annotatsiya

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan nashr etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan ushbu oʻquv qoʻllanmada erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining xususiyatlari, ularni barpo etish maqsadi va sabablari, bu hududlarning jahon iqtisodiy munosabatlarida tutgan oʻrni yoritilgan. Muallif erkin iqtisodiy zona tushunchasi, vujudga kelish tarixi, asosiy turlari va tasnifi, huquqiy tartiboti, zona ishtirokchilarining huquqiy holati va ularga beriladigan imtiyozlarni tahlil qiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlarida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish amaliyoti, zonalarda tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari va qulay investitsiyaviy muhit yaratish masalalari ham koʻrib chiqilgan. Zonalar hududida tuziladigan investitsiya shartnomalari, eksport va import bitimlari hamda korporativ boshqaruvga oid qonunchilikni takomillashtirish masalalari ham oʻrganilgan. Qoʻllanma magistrantlar va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.

  • erkin iqtisodiy zonalar Oʻzbekiston
  • erkin iqtisodiy zonaning huquqiy tartiboti
  • erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari imtiyozlari
  • investitsiyaviy muhit huquqiy asoslari
  • MDH erkin iqtisodiy zonalar
  • Kamalov erkin iqtisodiy zonalar

Mundarija

  1. Kirish
  2. I bob. Erkin iqtisodiy zona tushunchasi, vujudga kelish tarixi va sabablari
  3. II bob. Erkin iqtisodiy zonalarning asosiy turlari va ularning tasnifi
  4. III bob. Erkin iqtisodiy zonalarning huquqiy tartiboti va uning oʻziga xos jihatlari
  5. IV bob. Erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarining huquqiy holati va ularga beriladigan imtiyozlar
  6. V bob. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar hududida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish amaliyoti
  7. VI bob. Erkin iqtisodiy zonalarda tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari va unda qulay investitsiyaviy muhit yaratish masalalari
  8. Xulosa
  9. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Iqtibos keltirish

М. Камалов Эркин иқтисодий зоналарнинг ҳуқуқий мақоми. — Тошкент: Тошкент давлат юридик университети (ТДЮУ), 2018. — 117 b.